date
views 2 874

Sariosiyoda “Kaptiva” va velosiped ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi vafot etdi

Sariosiyoda “Kaptiva” va velosiped ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi vafot etdi
22 aprel kuni soat 21:45 larda, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida haydovchi 1986 y.t. A.Sh. “Kaptiva” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘l chetidan shu yo‘nalishda ketayotgan velosiped xaydovchisini turtib yuborgan. So‘ngra rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tarafidagi xonadonning devoriga avtomashinaning oldi qismi bilan urilib, YTH sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, “Kaptiva” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1989 y.t. U.T. og‘ir tan jarohati olishi oqibatida tuman shifoxonasida vafot etgan. Ushbu transport vositasi haydovchisi A.Sh. va velosiped xaydovchisi 2002 y.t. I.J.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sariosiyoda “Kaptiva” va velosiped ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi vafot etdi