17:05 / 23.04.2020
13 237

«Yaqin orada vaziyat oydinlashadi» – Otabekov O‘zbekistonda karantin qachon tugashi haqida

«Yaqin orada vaziyat oydinlashadi» – Otabekov O‘zbekistonda karantin qachon tugashi haqida
Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda karantin rejimi tugashi shartlarini ma’lum qildi.
«Karantin rejimi qachon tugashi hozir hammani birdek o‘ylantirayotgan masala. Xalqaro ekspertlar yozda, issiq ob-havo boshlanishi bilan koronavirus tarqalishiga to‘siqlar paydo bo‘lishi va bu ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini aytishmoqda.

Odatda karantin rejimi tugashining asosiy sharti aholining 70 foizida kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘lishi hisoblanadi. Kasallikni boshdan kechirish yoki epidemiologik choralar natijasida 70 foiz aholida immunitet hosil bo‘lsa, karantin tugatiladi
», deydi Nurmat Otabekov.

Nurmat Otabekov faqat keskin choralargina kasallik cho‘qqisini yengib o‘tishga yordam berishi, shuning uchun o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga rioya etish lozimligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika maxsus kommissiyasi karantinni tugatish masalasi ustida ishlamoqda – yaqin orada vaziyat oydinlashadi va xulosalar qilinadi.
Brifing davomida bosh sanitariya inspektori Toshkent shahrida karantinga yopilgan muassasalar ro‘yxati bilan ham tanishtirdi.

«Toshkent shahridagi 7-sonli tug‘uruqxona, respublika perinatal markazi, respublika endokrinologiya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazi, 5-sonli infeksion kasalliklar shifoxonasi, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va ShohMed xususiy shifoxonasi karantinga yopilgan. Sababi bu muassasalarda koronavirus bilan zararlarish holatlari aniqlangan», deydi Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

U shuningdek virusni yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarni sanab o‘tdi.
«Birinchi o‘rinda dorixonalarda ishlaydiganlar. Chunki dorixonaga ko‘proq sog‘ligida muammosi bor odamlar tashrif buyuradi.
Ikkinchi o‘rinda do‘konlar. Do‘konlarga borganda xavfsizlik maqsadida tibbiy niqob taqish, arava tutqichiga antiseptik vositalar bilan ishlov berish, o‘ralgan mahsulotlarni olish, qadoqlangan paketlarga kamroq qo‘l tekkizish kerak.
Uchinchi o‘rinda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari. Yoqilg‘i quyadigan uskunadan kuniga o‘nlab odam foydalanadi.
To‘rtinchi o‘rinda uy hayvonlarini sayr qildirish joylari. Itlarni olib chiqishda pod’ezd va eshik tutqichlari ushlanadi. Bundan tashqari, itlar panjasida virusni uyga olib kirishi mumkin.
Beshinchi o‘rinda chiqindi tashlashga chiqish. Bunda xavf nisbatan kamroq bo‘lsada, changda virus zarrachalari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin», deydi Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Yaqin orada vaziyat oydinlashadi» – Otabekov O‘zbekistonda karantin qachon tugashi haqida