Foto: FVV matbuot xizmati
Joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda 15-25 m/s (54-90 km/soat) tezlikda kuchli shamol esgan.
FVVning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati Markazi ma’lumotiga asosan xabar berishicha, kuchli shamol natijasida ijtimoiy soha ob’ektlariga, aholi yashash xonadonlariga va hududdagi daraxtlarning ag‘darilishi natijasida avtotransport vositalariga zarar yetgan, shuningdek 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan.
Bildirilishicha, kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida ham kuzatilish ehtimoli mavjud.
“Shu munosabat bilan fuqarolar o‘zlarini ehtiyot qilishlari hamda avtotransport vositalarini daraxtlar va binolarga yaqin joylarda qoldirmaslik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, - deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi