date
views 2 386

Paxta tozalash zavodidan soliq qarzdorligi undirildi

Paxta tozalash zavodidan soliq qarzdorligi undirildi
Payariq tuman Davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan qarzdor “CHELAK PAXTA TOZALASH” aksiyadorlik jamiyati ma’suliyati cheklangan jamiyatidan 5 mlrd. 187 mln. 901 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan va Majburiy i jro byurosi Payariq tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Amalga oshirilgan ijro tadbirlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga band solingan, unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan, jamiyat rahbarlari va mutassadi xodimlari bilan tushuntirish va profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.

Buning mahsulida, ijro tadbirlari natijasida qarzdor “CHELAK PAXTA TOZALASH” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 1 mlrd. 27 mln. so‘m soliq qarzdorligi to‘lab berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxta tozalash zavodidan soliq qarzdorligi undirildi