Foto: IIB axborot xizmati
Navoiy viloyati Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar V.D. hamda K.B.ning oldindan jinoiy til biriktirib, yashirin xatti-harakatlar sodir etayotganligi Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining e’tiborini tortdi, deb yozmoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.
Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, qoidabuzarlar o‘zganing mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida 25 ming AQSH dollariga “simob” moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEMning sud kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, tarkibida biror bir kuchli ta’sir qiluvchi va yadroviy moddalari mavjud bo‘lmagan moddani qalbaki “simob” moddasi sifatida sotganligi ma’lum bo‘lgan. Tadbir ishtirokchilari tomonidan xolislar ishtirokida daliliy ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, musodara etildi.
Mazkur holat yuzasidan V.D. hamda K.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar