22:30 / 06.05.2020
5 862

Salim Abduvaliyev: Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudov, Fattoh Shodiyev — ular bilan doim faxrlanaman

Salim Abduvaliyev: Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudov, Fattoh Shodiyev — ular bilan doim faxrlanaman
Foto: UzNews
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti Salim Abduvaliyev tug‘ilgan kuni arafasida bergan intervyusida (5 may kuni u 70 yoshga to‘ldi) asli o‘zbekistonlik taniqli tadbirkorlar Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudov hamda Fattoh Shodiyevlar haqida fikrlari bilan ham bo‘lishdi.

«Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudov, Fattoh Shodiyev — men ular bilan ham faxrlanaman. Ular o‘qigan, nufuzli oliygohlarni tugatgan. Bolalikdan chet elda bo‘lgan, masalan, Iskandar Mahmudov Iroqda ko‘plab qiyinchiliklarni ko‘rgan. Ularning barchasi ziyoli oilalardan chiqqan, shunga qaramay ota-onalari o‘qishga majbur qilgan va ular bugun buyuk shaxslarga aylangan.

Bu serquyosh O‘zbekistonni seving! Agar kurashchi bo‘lishni istasangiz bu yerga keling. Bu yerda dunyoning barcha turdagi meva va sabzavotlari, shuningdek, buyuk kurashchilar yetishtiriladi. Hozirda o‘zbekistonlik kurashchilar gilamga chiqqanda barcha raqiblar titraydi. Bularning hammasi Prezidentimiz va rahbarlarimiz sharofati bilan bo‘lmoqda
», — deydi Salim Abduvaliyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salim Abduvaliyev: Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudov, Fattoh Shodiyev — ular bilan doim faxrlanaman