12:43 / 22.05.2020
3 413

Tomorqa yer egalariga subsidiyalar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?

Tomorqa yer egalariga subsidiyalar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, prezidentning 2020 yil 18 maydagi PQ–4716-son “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:

a) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
- yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha;
- sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;
- urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha.

b) qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha.

Bunda:
  • qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi;
  • qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda kooperativ faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tajribaga ega yetakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.

Tomorqa yer egasining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bitta oila quyidagi yo‘nalishlardan biri uchun uch tomonlama shartnoma tuzadi:
- yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish;
- yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish hamda urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish;
- sug‘orish vositalari xarid qilish;
- sug‘orish vositalari xarid qilish hamda urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish;
- urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tomorqa yer egalariga subsidiyalar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?