Ko‘pchilik o‘tgan 2 yil davomida Hayit bayramlari arafasida 3 kun dam olgani uchun, yana shunaqa bo‘larmikin, degan ma’noda savol bermoqda.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ushbu savolga atroflicha javob berib o‘tdi.
Ammo joriy yilgi Ramazon Hayiti munosabati bilan dam olish kunlarida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.
Ya’ni:
Ertaga 23 may, shanba kuni - odatdagiday 5 kunliklar dam oladi, 6 kunliklar ishlaydi;
24 may, yakshanba kuni - odatdagiday hamma dam oladi. Hayit bayrami yakshanba kunga to‘g‘ri kelgani uchun 2 ta dam olish kuni bir kunda o‘tib ketadi;
25 may, dushanba kuni - odatdagiday barcha xodimlar uchun ish kuni.
P.S.: avval ham bir necha bor ta’kidlaganimizdek, tezroq Mehnat kodeksining yangi tahririni qabul qilib, agar dam olinadigan bayram kunlari yakshanba kunga to‘g‘ri kelsa, unda keyingi dushanbani barcha uchun dam olish kuni deb hisoblash haqidagi qoidani kiritish lozim. Bu xodimlarning huquqi, o‘sha huquqni tezroq ta’minlash kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi