O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, 29 nafarga oshdi va 3702 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 22 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Ulardan 20 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 2 nafari esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan. Shuningdek, yangi kasallanganlarning 6 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Samarqand viloyatida karantinda bo‘lgan fuqaroda aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 2859 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aydi.
Avvalroq 1 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 11 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, COVID-19’ni yuqtirib olganlarning umumiy soni 3673 nafarga yetgani haqida xabar qilingandi.
15 martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 15 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi