3 164
Ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun OTMlarga kirishda 800 ta alohida kvota ajratiladi
Kam ta’minlangan ayollar va ularning farzandlari, nogiron kishi bo‘lgan oilalarning farzandlari uchun 2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida 800ta davlat granti uchun alohida kvota ajratiladi. Mazkur grant kvotalarini hududlar kesimida taqsimlash mahalla idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu kvotalarning 4 foizi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tavsiyanomasi asosida qizlar uchun alohida ajratiladi. Bu haqida Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev 2020-2021 o‘quv yili qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.
Shuningdek, So‘x tumanidan hujjat topshiruvchi abituriyentlarga OTMlarga kirishda alohida 500ta davlat granti kvotasi beriladi. Mazkur kvotalarning ajratilish tartibi tez orada tasdiqlanib, ma’lum qilinadi.
Behzod Musayevga ko‘ra, test sinovlari qanday boshlanishi, kerakli hujjatlar to‘ldirilish tartibi bo‘yicha jarayonlar ijtimoiy tarmoqlar orqali batafsil yoritib boriladi. “Onlayn maktab” loyihasi orqali asosiy 12ta fan bo‘yicha testlar qanday topshirilishi tushuntirib boriladi, ya’ni onlayn repetitor tizimi yaratiladi.
“Pandemiya sharoitida jamoatchilik – abituriyentning yaqinlari bir joyga to‘planishining oldini olish maqsadida test jarayonlarini test2020.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratiladi”, deydi Behzod Musayev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi