O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagilarni ma’lum qildi:
– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3 ming 965 nafarga yetdi. 4 iyun kuni 73 nafar, kasallik qayd etilgandan buyon esa 3 ming 87 nafar, ya’ni 78 foizdan ziyod bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 862 bemor davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. 48 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Ularning 21 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitda karantinga joylashtirilgan.
Karantin tadbirlari davom etyapti. Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Kuni kecha ro‘yxatga olingan 96 bemorning 81 nafari karantin muassasalariga joylashtirilgan shaxslar orasidan aniqlangan bo‘lsa, 13 nafari aholi orasida qayd etilgan. 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi shaxslar orasida aniqlangan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir ehtiyotsizligimiz kasallikka chalinish ehtimolini yuzaga keltiradi. Shuning uchun maqsadsiz ko‘chaga chiqmang, ko‘chaga chiqsangiz, albatta, doka niqobda bo‘ling, muloqot paytida masofani saqlang, uyga qaytgach antiseptik vositalardan foydalaning. Shundagina, kasallikka chalinishdan o‘zingizni va oila a’zolaringizni, yaqinlaringizni himoya qilgan bo‘lasiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda