21:00 / 10.06.2020
3 142

Lasettida nimalar yashirilgan edi?

Lasettida nimalar yashirilgan edi?
Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarini yashirincha olib o‘tilishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Mirzaobod tumani hududida parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro A.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Mirzaobod tumanidan o‘tuvchi Guliston-Gagarin yo‘nalishi bo‘ylab yo‘l chetida to‘xtagan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada fuqaro A.G. tomonidan olib ketilayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 31,1 million so‘mlik 519 dona parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lasettida nimalar yashirilgan edi?