20:04 / 11.06.2020
2 834

Tadbirkorlar foydasiga 500 mln. so‘mdan qarzdorlik undirib berildi

Tadbirkorlar foydasiga 500 mln. so‘mdan qarzdorlik undirib berildi
Majburiy ijro byurosining Yangiariq tuman bo‘limi ish yurituvida Bog‘ot tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “YANGIARIQ TUMAN YO'LLARDAN FOYDALANISN” unitar korxonasidan undiruvchi “SHARQ-GO`ZALI” ma’suliyati cheklangan jamiyat foydasiga 106.769.840 so‘m, “CHINOBOD OIL” ma’suliyati cheklangan jamiyat foydasiga 110.896.353 so‘m, “ZABIBULLA BOBO TRANS” ma’suliyati cheklangan jamiyat foydasiga 177.051.760 so‘m, “URGANCH ELEKTR STROY SERVIS” xususiy korxonasi foydasiga 105.372.926 so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro mavjud bo‘lgan.

Mazkur ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan inkasso topshiriqnomasi qo‘yildi hamda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar hatlandi.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqalarda ko‘rsatilgan 500.090.879 so‘m qarz summasi to‘liq undirilib, tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlar foydasiga 500 mln. so‘mdan qarzdorlik undirib berildi