06:30 / 15.06.2020
2 253

DXX O‘zbekiston hududiga olib kirilgan qariyb 1,5 kilo opiyni fosh qildi

DXX O‘zbekiston hududiga olib kirilgan qariyb 1,5 kilo opiyni fosh qildi
Foto: O‘zA
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi O.I. Bekobod tumani hududidagi davlat chegarasidan noqonuniy o‘tib, O‘zbekistonga kirib kelgan vaqtida ushlangan. Uning yonidagi paket ichida 983 gramm opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Bu haqda DXX chegara qo‘shinlari axborot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, DXX xodimlarining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahri tomon harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli avtomashina «Erkin» YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirildi. Avtomobil yukxonasida 452 gramm opiy giyohvandlik moddasi borligi va u mashinadagi yo‘lovchi 1983 yil Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan A.S.ga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX O‘zbekiston hududiga olib kirilgan qariyb 1,5 kilo opiyni fosh qildi