Bugun, 15 iyun kuni AOKAda o‘tkazilgan qabul masalalariga bag‘ishlangan brifingda Vazirlar Mahkamasi apparatining bosh mutaxassisi, Davlat komissiyasining mas’ul kotibi Shohrux Daliyev abituriyentning kirish imtihonlarida qay tartibda 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
«Davlat rahbari qarorida abituriyent 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkinligi belgilangan. Abituriyent kunduzgi ta’lim, sirtqi va kechki ta’lim shakliga hujjat topshirishi mumkin. Abituriyent DTM sayti yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirayotganda qaysi yo‘nalishni tanlayotganini aniq ko‘rsatishi kerak», dedi Shohrux Daliyev.
Uning qayd etishicha, abituriyent kunduzgi ta’lim yo‘nalishini tanlaydigan bo‘lsa, shu turdagi 5ta yo‘nalishni tanlaydi. Xuddi shuningdek, sirtqi ta’lim shaklini tanlasa ham, shu turdagi 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkin.
«Abituriyent nechta yo‘nalishni tanlamoqchi bo‘lsa, bu – uning xohishi. U xohlasa, 5ta yo‘nalishni, xohlasa, 3 yoki 4ta yo‘nalishni tanlashi mumkin», dedi Shohrux Daliyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi