Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi “MAN TGS” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida avtotransport vositasining kabinasi va tag qismiga yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan umumiy qiymati 43,4 million so‘mlik 96 dona avtotransport vositasi uchun kolonkalar, ovoz kuchaytirgich va g‘ildirak diskalari yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin