1 890
Hisoblagichlarni tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati 1 sentabrgacha uzaytirildi
Karantin e’lon qilinganidan keyin ko‘pchilikda elektr energiyasi, gaz, sovuq va issiq suv hisoblagichlari tekshiruvdan qanday o‘tkazilishi yuzasidan savollar tug‘ildi.
Masalaga oydinlik kiritish va aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida Respublika inqirozga qarshi kurashish komissiyasi (Prezidentning 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmoni bilan tashkil etilgan) tomonidan navbatdagi bayonnoma tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Hujjatga muvofiq mazkur davrda kun tartibida turgan asosiy masalalar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar hamda kommunal xizmatlar xodimlarining hayoti va salomatligini muhofaza qilish hisoblanadi.
Shu boisdan Davlat xizmatlari markazlari orqali olingan tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini tekshirish uchun arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari 2020 yil 1 sentabrga qadar uzaytirildi.
Bundan tashqari, aholi va ijtimoiy ob’ektlarning tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiq va sovuq uchun qarzdorligi yuzasidan sudga da’volar berish, shuningdek ularni tarmoqdan o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”