Foto: Twitter
Britaniyaning Ekseter universiteti dotsenti Jeymi Shatler boshchiligidagi angliyalik va polshalik epidemiologlar koronavirusning suvda qancha muddat saqlanishini aniqladi. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, COVID-19 suvga tushganida 25 kungacha saqlanib qoladi.
«Tabiiy suv havzalari yangi turdagi koronavirus saqlovchilari va tashuvchilari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ko‘pchilik mamlakatlarda ular salomatlik uchun juda katta xavf tug‘dirishi mumkin», — deyiladi olimlarning hisobotida.
Tadqiqotchilarning fikricha, inson va hayvonlarning suv havzalari bilan aloqasini kamaytirish zarur.
Ekspertlar kasallanganlar soni eng ko‘p bo‘lgan 20 ta mamlakatlar suv havzalaridagi taxminiy virus miqdorini aniqladi.
Shu tariqa bu yo‘nalishda eng xavfli mamlakatlar Ispaniya, Buyuk Britaniya va Marokash bo‘ldi.
Kanada, Rossiya, Indoneziya, Venesuela, Avstraliya va Yangi Zelandiyada esa suv havzalarida kasallikni yuqtirish xavfi juda kam, deb topildi. Chunki bu mamlakatlarda aholi zich joylashmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi