17:44 / 23.06.2020
2 180

Issiq kunda smartfonni himoyalash usuli ma’lum qilindi

Issiq kunda smartfonni himoyalash usuli ma’lum qilindi
Foto: «RIA Novosti»
Issiqda smartfondan noto‘g‘ri foydalanish qurilmaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Hi-Tech.Mail.ru rahbari Dmitriy Ryabininga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Ryabininning so‘zlariga ko‘ra, havo haroratining keskin o‘zgarishi gadjetlarda muammoning paydo bo‘lishiga olib keladi, shu bilan birga, yoz kunlari qurilmaning yonib ketish xavfi ham mavjud. Mutaxassisning ta’kidlashicha, zamonaviy devayslarga qizib ketishdan himoyalovchi tizim o‘rnatilgan, biroq smartfon tashqi omillar ta’sirida ham qizishi mumkin. Apparatning yonib ketish xavfi qurilmaga quyosh nurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishi oqibatiga ortadi.

Uning ta’kidlashicha, qizib ketgan devaysni tezda sovutishga aslo urinmaslik kerak, masalan, uni muzlatkichga solish: «Smartfonning sekin-asta haroratga moslashishiga qo‘yib berish kerak».

Qayd etilishicha, qurilmaning yonib ketishiga nafaqat quyosh nuri, balki gadjet akkumulatoriga qo‘shimcha yuklama beradigan «og‘ir» ilovalar ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mutaxassis smartfonlar uchun tor g‘iloflardan foydalanmaslikni tavsiya qilgan. Bu havoning normal aylanishiga va bu orqali tabiiy usulda sovushiga ta’sir ko‘rsatadi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Issiq kunda smartfonni himoyalash usuli ma’lum qilindi