2 254
Qashqadaryoda fuqaroga 373 mln so‘m pullarini bermasdan kelayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 42 yoshli J.M. ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U Kitob tumani Yangiqishloq qishlog‘ida yashovchi L.X. va B.X.ga 2018 yil noyabr oyining boshlarida 1,5 milliard so‘mlik metall profnastil mahsulotlari berganligini, ular pullarning bir qismini berib, qolgan 373 mln. so‘m pullarni hozirgi kunga qadar bermay kelayotganligini, pullarini L.X. va B.X.dan undirib berib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, og‘zaki yoki yozma ravishda kelishuvlarni tuzganda ehtiyot bo‘lishingizni so‘raymiz, zaruriyat tug‘ilganda notarius yoki yurist xizmatidan foydalanishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik