Foto: Bosh prokuratura
Navoiy viloyatida qo‘lbola 10 dona oltin tangani 2250 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida ikki nafar fuqaro qo‘lbola usulda tayyorlangan tangalarni muomalaga kiritib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida 10 dona oltin tangani xaridor B.ga 2250 dollarga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir yakunida umumiy bahosi 24,4 million so‘m bo‘lgan 12 dona oltin tanga ashyoviy dalil sifatida olingan.
Foto: Bosh prokuratura
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti