3 511
Bugun O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalish holatlari soni bo‘yicha rekord qayd etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida yana 102 bemor kasallikdan sog‘aygani va bugun kun davomida 192 bemor tuzalib chiqqani haqida xabar berdi.
«Shu soatlarda poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida yana 102 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Avval habar berganimizdek, 68 nafar shifo topgan bemorlar bilan birgalikda bugun Toshkentda yana 102 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lib, ularning soni 170 nafarga yetdi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 2737 nafar bemor sog‘aydi.
Bugun yurtimizda 192 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi. Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun sog‘ayishning rekord ko‘rsatkichi qayd etildi», deyiladi xabarda.
Bungacha kun davomida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 47 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 1 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 2 nafar, Qashqadaryo viloyatida 17 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, jami 90 nafar bemor kasallikdan sog‘aygani haqida xabar berilgandi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4877 nafarni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 23 iyun kuni 110 nafar, 24 iyun kuni esa 125 nafar bemor sog‘ayib chiqqandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?