14:30 / 26.06.2020
2 521

Din ulamolari Chashma qishlog‘i aholisi bilan uchrashdi (foto)

Din ulamolari Chashma qishlog‘i aholisi bilan uchrashdi (foto)
Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘iziston davlatiga safarini davom ettirmoqda.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolari Qirg‘iziston Chashma qishlog‘i aholisi bilan uchrashib, ma’rifiy suhbatlar o‘tkazdi. Uchrashuvda muftiy Usmonxon Alimov ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari yildan-yilga rivoj topib borayotgani, muborak dinimizda qo‘shnichilik rishtalariga alohida e’tibor berilgani hamda qo‘shniga yaxshilik qilish haqida ko‘plab tavsiyalar kelgani haqida Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida bayon qildi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Uchrashuvda so‘zga chiqqan mutasaddilar va mahalliy aholi o‘zbek va qirg‘iz zamini azaldan bir tanu bir jon ekani, bugungi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, albatta davom etishi, kelajak avlod ham ahillikda, totuvlikda, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlagan holda farovon hayot kechirishini ta’kidladi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
«Qalbdan chiqqan samimiy so‘zlar mahalliy aholining kayfiyatini ko‘tardi, ruhiy quvvat berdi, o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashga katta asos bo‘ladi» - deyiladi idora xabarida.
Shuningdek, muloqot yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alari taqdim etdi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Din ulamolari Chashma qishlog‘i aholisi bilan uchrashdi (foto)