08:00 / 27.06.2020
3 862

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritiladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 164-modda (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldiriladi:
“Tovarlar narxini hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lash shakliga qarab ularni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish – bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solinadi.”.

168-modda (Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“168-modda. Bozorlarda savdo qilish hamda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarini buzish

Bozorlarda savdo qilish hamda savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarini buzish – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaxslarga o‘n baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanishiga sabab bo‘ladi”.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 415-moddaning (Soliq stavkalari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bo‘sh turgan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida xulosa chiqarilgan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlariga belgilangan stavkaga nisbatan uch oyga qadar ikki baravar, uch oy o‘tgandan so‘ng - besh baravar, olti oy o‘tgandan so‘ng - o‘n baravar, o‘n ikki oydan so‘ng kelgusi har o‘n ikki oyda oxirgi oshirib qo‘llanilgan miqdorning ikki baravari miqdorida qo‘llaniladi hamda ushbu Kodeksning 414-moddasida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi”.

422-moddaning (Soliq stavkalari. Soliq davri) oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bo‘sh turgan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida xulosa chiqarilgan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlariga ushbu Kodeksning 415-moddasi uchinchi qismida yuridik shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladi”.

429-moddaning (Soliq stavkalari) to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bo‘sh turgan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida xulosa chiqarilgan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlarga belgilangan stavkaga nisbatan uch oyga qadar ikki baravar, uch oy o‘tgandan so‘ng - besh baravar, olti oy o‘tgandan so‘ng - o‘n baravar, o‘n ikki oydan so‘ng kelgusi har o‘n ikki oyda oxirgi oshirib qo‘llanilgan miqdorning ikki baravari miqdorida qo‘llaniladi hamda ushbu Kodeksning 428-moddasida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi”.

437-moddaning (Soliq stavkalari) to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bo‘sh turgan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida xulosa chiqarilgan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlarga ushbu Kodeksning 429-moddasi o‘ninchi qismida yuridik shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladi”.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritiladi