1 728
Barcha idora va tashkilotlarning respublika bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi yaratilishi mumkin
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida barcha idora va tashkilotlarning respublika bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi yoki telegram botini yaratish haqida petitsiya e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda barcha tashkilotlarning xam rasmiy sayti mavjud emas, mavjudlari ham o‘z saytlarini yangilab borishmaydi.
“Ularning aksariyatida bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari ishlamaydi, elektron pochta manziliga yuborilgan murojaatingiz uzoq vaqt o‘rganilmay qolib ketadi. Bu esa, hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lib turgan “masofadan (uydan) turib murojaat yo‘llash” yoki xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklamoqda”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha idora va tashkilotlar to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar (bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari, yuridik manzili, elektron pochtasi (E-mail) va hokazolarni) mavjud bo‘lgan respublika bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi yoki telegram botini yaratish taklif qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi