Joriy yilning 26 iyun kuni soat 05:10da Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida 35 yoshli B.S. boshqaruvidagi Yamaha YZFR6 rusumli motosikl va 46 yoshli X.U. boshqargan Shacman yuk avtomobili to‘qnashuvi yuz bergan.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Taxminiy sabab: yuk avtomobili haydovchisi to‘satdan yo‘nalishni o‘zgartirgan va burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan motosiklni payqamay qolgan.
To‘qnashuv natijasida motosikl haydovchisi tan jarohatlari olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Hurmatli haydovchilar! Burilish yoki qayta burilishlardan oldin niyatingiz yo‘l harakati qoidalariga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiling. Qayd etish joizki, Toshkent shahrida ro‘y berayotgan va haydovchilarning o‘limiga sabab bo‘layotgan ikki g‘ildirakli transportlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining aksariyati yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda burilgan transport vositalari sabab bo‘lgan”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari