Foto: «Freepressjournal.in»
Xitoyda koronavirusga qarshi birato‘la ikkita vaksina ustida ish olib borayotgan «China National Biotec Group» (CNBG) kompaniyasi preparatlardan biri odamlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganini e’lon qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, CNBG ning Pekindagi bo‘limi tomonidan yaratilayotgan vaksina sinovda qatnashgan 1 120 nafar sog‘lom odamning hammasida koronavirusga qarshi antitanacha ishlab chiqarishga yordam bergan.
OAV xabariga ko‘ra, CNBG ning Uxandagi bo‘limi tomonidan sinovdan o‘tkazilayotgan yana bir vaksina ham tajriba ishtirokchilarda koronavirusga qarshi antitanacha ishlab chiqarishga turtki bergan.
Xitoyning «National Pharmaceutical Group» davlat korporatsiyasiga aloqador CNBG ikki hafta oldin eng oxirgi — uchinchi bosqich sinovlarni BAAda o‘tkazish uchun ruxsat oldi. Biroq BAAda aynan qaysi vaksina sinovdan o‘tishiga oydinlik kiritilmagan.
OAVning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi vaksinalarning birato‘la sakkizta prototipini ishlab chiqish ma’qullangan Xitoy bu borada jahonda yetakchilik qilmoqda.
Biroq dunyo bo‘yicha ishlab chiqilayotgan vaksinalarning birortasi ham hali uchinchi bosqichgacha yetib bormadi: sinovning mazkur bosqichi uchun minglab ishtirokchilar talab etiladi. Tadqiqot virus keng tarqalgan mamlakatda, ya’ni tabiiy muhitda o‘tkazilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi