O‘zbekiston prezidenti tomonidan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlarni tayyorlashga yetakchi xalqaro tashkilotlar mutaxassislari jalb etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilmoqda.
Agentlik O‘zbekiston prezidentiga bo‘ysunadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor bo‘ladi.
Agentlikning asosiy vazifalaridan biri korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalarni chuqur tahlil qilish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hisoblanadi.
Budjet mablag‘laridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat qilish masalalari ham Agentlikning vakolatlar doirasiga kiradi.
Bundan tashqari, Agentlikka davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi hamda deklaratsiyadagi ma’lumotlarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish vazifasi yuklanadi.
Agentlikka xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa bir qator vazifa va funksiyalar yuklanadi hamda ularni amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishi maqsadida Agentlik ta’sirchan vakolatlarga ega bo‘ladi.
Agentlik har yili ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi lozim bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzani shakllantiradi hamda uni O‘zbekiston prezidenti va Oliy Majlis palatalariga kiritadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Parlament boshchiligida faoliyat yuritadigan O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)