09:13 / 30.06.2020
2 483

Toshkentda 99ta mahalla «qizil» hududga kiritilgan

Toshkentda 99ta mahalla «qizil» hududga kiritilgan
AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda koronavirusga 15 459 ta, epid mavsum davomida 1,176 205 ta test sinovlari o‘tkazildi.

Respublikadagi 29 ta tuman va shahar “qizil” hududga, 43 tasi “sariq” hududga hamda 131 ta tuman va shahar “yashil” hudud toifasiga kiritildi.

Toshkent shahri bo‘yicha kasallik qayd etilgan 333 ta "yashil", 87 ta "sariq" va 99 ta "qizil" mahalla, mavze va daha hududlari bo‘ylab karantin va profilaktik tadbirlar belgilangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 99ta mahalla «qizil» hududga kiritilgan