Toshkent shahar hokimligi «Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK boshqaruvidagi 20ta bozor va savdo kompleksi uchun belgilab olingan tozalik kunlari jadvalini taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, tozalik kunida bozor va savdo kompleksi to‘liq yopilib, sanitariya-epidemiologik tadbirlar, shu jumladan kuchaytirilgan tarzda (total) dezinfeksiya o‘tkaziladi.
Tozalik kunlari jadvali:
Dushanba — «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ, «Chorsu buyum savdo kompleksi» AJ, «Aviasozlar dehqon bozori» AJ, «Chilonzor dehqon bozori» AJ, «Eski Juva dehqon bozori» AJ, «Yunusobod dehqon bozori» AJ, «Bek to‘pi savdo kompleksi» MCHJ, «Parkent universal savdo kompleksi», «Yangiobod ixtisoslashgan bozori» MCHJ, «Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» MCHJ
Seshanba — «Mirobod dehqon bozori» AJ, «Sirg‘ali dehqon bozori» AJ, «Farhod dehqon bozori» AJ, «Qo‘ylik dehqon bozori» AJ
Chorshanba — «Askiya dehqon bozori» AJ, «Navro‘z dehqon bozori» AJ, «Qoraqamish dehqon bozori» AJ
Juma — «O‘rikzor savdo kompleksi» MCHJ
Yakshanba — «Oloy dehqon bozori» AJ, «Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori» AJ (yakshanba kuni soat 12:00dan 20:00gacha)
Eslatib o‘tamiz, har haftada bir marotaba bozorlar yopilib, ularda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishi Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan belgilangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas