
Foto: «ProToday.uz»
Prezident administratsiyasi rahbarining OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farhod Mahmudov MTRKda ish boshlashi kutilmoqda.
Kun.uz manbasi ma’lum qilishicha, Farhod Mahmudov Xayrulla Nuritdinov o‘rniga MTRK raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanmoqda.
Muqaddam O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali bosh muharriri lavozimida ishlagan Farhod Mahmudov 2018 yildan OAV masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yil sentabridan esa prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari sifatida ish boshlagandi.
O‘z navbatida, 2017 yil fevralidan buyon MTRK raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Xayrulla Nuritdinov «O‘zbekiston24» telekanali direktori lavozimiga o‘tkazilgan.

Xayrulla Nuritdinov
MTRKFarhod MahmudovOAV MasalalariXayrulla NuritdinovPrezident AdministratsiyasiO‘zbekiston 24 O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar