21:36 / 01.07.2020
3 833

Sobiq farzand bo‘lmaydi

Sobiq farzand bo‘lmaydi
Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 22.06.2015 yildagi qarzdor A.A.dan undiruvchi V.A. foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati 16.07.2015 yilda kelib tushgan. Shu kuni davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qaror qarzdorga yuborilgan va aliment pullari o‘z vaqtida to‘lanishi to‘g‘risida qarzdordan majburiyatnoma olingan.

Shunga qaramasdan qarzdor aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. MIB Mirobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi B.Alimardonov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida alimentchi otadan 10 mln. so‘m miqdorida aliment qarzdorligi undirilgan. Shuniningdek fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 30.05.2016 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor V.L.an undiruvchi O.Sh. foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandi ta’minoti uchun 1/4qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 20.06.2016 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Qaror tomonlarga yuborilgan.

Alimentchi ota ogohlantirilishiga qaramasdan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan. Bo‘lim tomonidan 06.04.2017 yilda qarzdorning O‘zbekistondan chiqish xuquqlari vaqtincha cheklangan shuningdek, qarzdorga nisbatan qidiruv elon qilingan. Davlat ijrochisi B.Alimardonov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 17.06.2020 yilda qarzdorning alimentdan bo‘lgan 8.000.000 so‘m qarzdorligi to‘liq undirilib, davlat ijrochisi tomonidan o‘tkazilgan xuquqiy targ‘ibotlar natijasida undiruvchi va qarzdor o‘zaro yarashtirildi. Qonuning 40-moddasi 1-qismiga asosan ijro ishi yuritish tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq farzand bo‘lmaydi