10:29 / 02.07.2020
2 974

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8900dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8900dan oshdi
2020 yil 2 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8904 (+123) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda respublikada 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3030 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 9 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8900dan oshdi