19:00 / 02.07.2020
3 183

Buxorodagi mudhish avariyada 3 kishi vafot etdi (foto)

Buxorodagi mudhish avariyada 3 kishi vafot etdi (foto)
2020 yilning 1 iyul kuni soat 07:00da haydovchi, 21 yoshli H.S. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinani Buxoro viloyati Peshku tumani hududidan o‘tuvchi A-380 yo‘lining Xorazm-Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u ushbu yo‘lning 395-kilometrida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoshli Yu.Sh.ning boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz 1841 LS rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada, Cobalt avtomashina haydovchisi H.S. va yo‘lovchi sifatida ketayotgan 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N. hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Peshku tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar, transport vositasini hushyor va sergak holatda boshqarishingizni, amaldagi «Yo‘l harakati qoidalariga» qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorodagi mudhish avariyada 3 kishi vafot etdi (foto)