Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatdan yurtimizga olib kelingan oshxona anjomlari va yugurish yo‘laklari “Sergeli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida o‘rnatilgan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi, jumladan tovarning qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligini belgilovchi sertifikatlari, shuningdek invoys va o‘rov varaqlarida yuk jo‘natuvchining muhr izlari reprografiya usulida rangli purkagichli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlandi.
Natijada, 240,4 million so‘m miqdoridagi davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi