Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani, Qarshi shahridagi 12 ta, Qarshi tumanidagi 4 ta, Koson tumanidagi 1 ta mahalla «qizil» hudud maqomini oldi. Qarshi shahri va tumani hamda Koson tumani «sariq» hudud deya e’lon qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2020 yil 3 iyul kuni viloyat maxsus komissiyasi qarori e’lon qilingan. Unga ko‘ra, viloyatning G‘uzor tumani, Qarshi shahridagi «Mag‘zon», «Qilichbek-Qo‘rg‘oncha», «Otchopar», «Qarlig‘bog‘ot», «Naxshab», «Xudoyzod», «Komilon», «Tabassum», «Kunchiqar», «Mustaqillik», «Istiqlol» hamda «Sho‘rtan» mahallalari, Qarshi tumanining «Bog‘obod», «Guliston», «Xonobod», «Chorgumbaz», Koson tumanining «Quyiobron» mahallasiga «qizil» hudud maqomi berildi.
Qarshi shahri, Koson va Qarshi tumanlari «sariq» hudud toifasiga o‘tkazildi. Shuningdek, Muborak, Kitob va Chiroqchi tumanlari «qizil»dan «sariq» hududga o‘zgardi.
Qayd etilishicha, viloyatda «yashil» hududlar 8 ta, «sariq» hududlar 6 ta, «qizil» hudud esa 1 tani tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2020 yilning 4 iyul kunidan boshlab suv havzalarida cho‘milish va daryo bo‘ylarida, ayniqsa, Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarining tog‘li hududlarida hordiq chiqarish vaqtinchalik taqiqlanadi.
Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, «qizil» va «sariq» hududlarda soat 07:00 dan soat 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda soat 23:00 dan soat 07:00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi. Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi. Mazkur cheklovlarga rioya etmaganlar karantin talablarini buzgan deb hisoblanib, belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahrida karantin choralari kuchaytirilishi, shaharga kirib-chiqish nazoratga olinishi haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat