2 692
Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqida koronavirusni davolovchi ilk dorining ishlatilishiga ruxsat berdi
Foto: EPA
Yevropa komissiyasi 3 iyul kuni koronavirusni davolash uchun remdesivir dori vositasidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda Yevrokomissiya a’zosi Stella Kiriakidis ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».
«Yevropa Ittifoqida koronavirusni davolovchi birinchi dorining ishlatilishiga ruxsat berilishi virusga qarshi kurashda muhim qadam hisoblanadi», — deyiladi Kiriakidisning bayonotida.
Komissarning qo‘shimcha qilishicha, doridan foydalanishga ruxsat ariza berilganidan keyin bir oyda berilgan va bu Yevropa Ittifoqining davolashning yangi usullari paydo bo‘lishiga tez reaksiya bildirish bo‘yicha qat’iyligini ko‘rsatadi.
Mazkur doridan foydalanishga ruxsatning berilishi Yevropa dori vositalari agentligi pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va koronavirus aniqlangan 12 yoshdan katta bemorlarni davolash maqsadida mazkur preparat savdosi uchun shartli ruxsat berganidan keyin amalga oshdi.
Preparatning samaradorligini baholash AQSHning allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotning natijalariga asoslangan.
Institut tomonidan 10 ta mamlakatda 1000 dan ortiq bemor ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotning natijasiga ko‘ra, bemorlarga vena orqali jo‘natiladigan remdesivir kasalxonada yotqizilgan bemorlarning tuzalishini tezlashtirgan. Preparat bemorning kasalxonada yotish muddatini 15 kundan 11 kungacha kamaytiradi.
AQSHda may oyining boshida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni kasalxonalarda davolash uchun remdesivirdan foydalanishga ruxsat berilgan, shundan so‘ng Yaponiya va Janubiy Koreyada doridan foydalanish ma’qullangan.
Mazkur preparat koronavirus ko‘payishini bloklash xususiyatiga ega ekanligi kanadalik olimlar tomonidan aprel oyida aniqlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi