3 085
9-sinf bitiruvchilarining Kasb-hunar markazlariga hujjat topshirish tartibi ma’lum qilindi
Shu yilning 5 iyulidan 20 iyuliga qadar kasb-hunar maktablarida kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari onlayn tarzda qabul qilinadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga shu haqda ma’lum qildi.
Aytilishicha, qaror O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yildagi 1-son bayoniga muvofiq qabul qilingan.
Yangi tizim bo‘yicha 9 sinf bitiruvchilari o‘z hujjatlarini kasb.edu.uz elektron platformasi orqali topshiradi. Bu jarayonda bitiruvchilardan quyidagi hujjatlarni topshirish so‘raladi:
1. Elektron ariza.
2. Umumta’lim maktabining 9-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi shahodatnoma (elektron) nusxasi.
3. 3x4 fotosurat
Kasb-hunar maktablarida tikuvchi, chilangar, issiqxona va parnik xo‘jaligi laboranti, avtomobillarni ta’mirlash chilangari, oshpaz, qandolatchi, asalarichi kabi mutaxassislar tayyorlanadi.
Bunda ta’lim jarayonlari ko‘rsatilgan ishchi kasblar bo‘yicha 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida (kunduzgi ta’lim shaklida) yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 9-sinf bitiruvchilari tarkibidan davlat budjeti asosida kunduzgi ta’lim shaklida yoshlarning professional ta’lim olishini ta’minlaydigan 339 ta shunday Kasb-hunar markazlari tashkil etilishi belgilangan.
Kasb-hunar markazlariga hujjat topshiruvchilar qabul jarayonlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil qilingan (+99871) 246-11-92 raqami (Ma’lumotlar markazi) orqali qo‘shimcha ma’lumot olishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi