19:35 / 06.07.2020
2 768

MIB: 111 mln. so‘m moddiy zarar undirib berildi

MIB: 111 mln. so‘m moddiy zarar undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, qarzdorlikni majburiy tartibda undirib berish borasida kunlik tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, Byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga olingan moddiy zararni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan amalga oshirilgan ijro harakatlari fikrimiz isbotidir.

Gap shundaki, jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudining joriy yil 10 mart kunidagi xukmiga ko‘ra sudlanuvchi A.Qosimovdan jabrlanuvchi I.Xoshimova foydasiga 111 mln. so‘m moddiy zarar undirib belgilangan. Mazkur ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

Davlat ijrochisi olib borilgan ijro harakatlardan so‘ng qarzdor A.Qosimovdan jabrlanuvchi I.Xoshimova foydasiga ijro hujjatida ko‘rsatilgan 111 mln. so‘m moddiy zarar to‘liq undirib berildi. Ijro hujjati ijrosi ta’minlandi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga karantinli vaziyat sabab, murojaatlar “1107” qisqa raqamili ishonch telefoni yoki elektron tarzda “mib.uz” rasmiy saytidagi “Byuroga murojaat” ruknining “Virtual qabulxona” sahifasi orqali qabul qilinmoqda. Murojaatlaringiz o‘z vaqtida va ishonchli tarzda ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: 111 mln. so‘m moddiy zarar undirib berildi