08:27 / 09.07.2020
2 350

Ishga taksida, velosiped va skuterda qatnash mumkin – maxsus komissiya qarori

Ishga taksida, velosiped va skuterda qatnash mumkin – maxsus komissiya qarori
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axboroti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra 2020 yil 10 iyuldan e’tiboran viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari atrofidagi yo‘l patrul xizmati maskanlari, blokpostlar va to‘siq postlar faoliyati ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi kuchlari hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakillarini jalb qilgan holda kuchaytiriladi.
  • Karantin davrida fuqarolarning mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.
  • Avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo‘llaniladi.
  • Shu bilan birga ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida karantin talablarni buzgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilishi hamda avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi nazarda tutildi.
  • Viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (meva-sabzavot, poliz, ko‘kat mahsulotlari va b.q.) joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.

Bunda dehqon va fermer xo‘jaliklarining avtotransport vositalari bozorlar, yarmarkalar va savdo nuqtalariga kiritishdan oldin dezinfeksiya qilinadi.

Yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga quyidagi maxsus talablar asosida ruxsat beriladi:
  • yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;
  • haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;
  • faqatgina ikki nafar yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi kerak;
  • faqatgina avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishi shart.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishga taksida, velosiped va skuterda qatnash mumkin – maxsus komissiya qarori