
Foto: IIV huzuridagi YHXBB
Uzoq masofaga qatnovchi haydovchilarning hushyorligini oshirish hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovchilarni yanada sergaklantiruvchi usullardan foydalanilmoqda.
Xususan, katta cho‘l hududidan o‘tgan Gazli shaharchasi orqali o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 324-kilometrida yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobilning maketi yo‘l yoqasiga o‘rnatilib, qoidalarga amal qilmaslik oqibati ana shunday mudhish bo‘lishi mumkinligi eslatilmoqda.

Foto: IIV huzuridagi YHXBB
Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlarining fikricha, ushbu maketni ko‘rgan haydovchi o‘zida ham ushbu YTHga uchragan avtomashina kabi holat sodir bo‘lmasligi haqida o‘ylaydi. Nafaqat haydovchi, balki yo‘lovchilar ham haydovchidan belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakatlanishini talab qiladi.

Foto: IIV huzuridagi YHXBB
Buxoro ViloyatiHaydovchilar HushyorligiYo‘l TransportA-380 Yo‘liNoxush HolatlarIIB YHXB O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar