Foto: «Zen.yandex.ru»
Buyuk Britaniyada Oksford universiteti olimlari koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim xavfini oshiruvchi asosiy omillarni sanab o‘tishdi. Bu haqda «Nature» jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilingan.
Tadqiqotchilar Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati barcha bemorlarining 40 foizi orasida 10 926 ta o‘lim holati va 17 million kishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi.
Olimlarning aniqlashicha, COVID-19 tufayli erkaklar, keksa yoshdagilar va yolg‘iz yashovchi odamlar 1,59 baravar ko‘p vafot etishgan. Bundan tashqari, afrikalik va osiyoliklar orasida ham bunday xavf-xatar yuqori. 80 yoshdan oshgan odamlarda koronavirus infeksiyasidan vafot etish xavfi 50-59 yoshdagi odamlarga qaraganda 20 baravar ko‘p.
Xavfli omillarga, shuningdek, semizlik, diabet, astmaning og‘ir ko‘rinishi va boshqa respirator kasalliklar, surunkali yurak, jigar, nevrologik va autoimmun xastaliklar kiradi. Biroq tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ular har doim ham og‘ir asoratlarga olib kelavermaydi. Buni hisobga olinmagan boshqa klinik omillar bilan ham izohlash mumkin.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi