17:30 / 10.07.2020
4 727

IIBB va Milliy gvardiya xodimlari poytaxtning ayrim hududlarida tarqalayotgan noxush hid sababini aniqlashdi

IIBB va Milliy gvardiya xodimlari poytaxtning ayrim hududlarida tarqalayotgan noxush hid sababini aniqlashdi
Toshkent shahrining ayrim hududlarida noxush hidlar tarqalayotni holati yuzasidan Milliy gvardiya va Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlaridan iborat hamkorlikdagi Ishchi guruh tashkil etildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» kanalida ma’lum qilindi.

Ishchi guruh kelib tushgan murojaatlar asosida 7—8 iyul kunlari Toshkentning bir qator hududlarida soat 22:00 dan 03:00 ga qadar reyd tadbirlarini o‘tkazgan. Tadbir davomida poytaxtning ayrim hududlarida yoqimsiz hidning tarqalishiga nima sabab bo‘layotgani aniqlangan.

Xususan, Chilonzor tumani «Oqtulpor» mahallasida faoliyat yuritayotgan gilam to‘qish sexida tungi vaqtda bo‘yash ishlari amalga oshirilishi, tumanning «Eshonguzar» mahallasidan o‘tuvchi kanalizatsiya quvuri yorilganligi hamda tumanning 11-dahasidagi 40-uyning oldida kanalizatsiya quvurining ochiq qolgani yoqimsiz hidlarning tarqalishiga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Bektemir tumani suvni qayta ishlash korxonasining tunggi vaqtda ish faoliyati olib borayotgani va tuman hududidagi kichik korxonada tomat pastasi ishlab chiqarilishi jarayonida atrofga noxush hid taralayotgani kuzatilgan.

Holatlar yuzasidan Ishchi guruh tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, muammolarning bir qismi joyida hal etilgan. Shu bilan birga, yuqoridagi holatlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi va mutasaddi tashkilotlarga tegishli taqdimnomalar kiritilib, qisqa muddatlarda muammolarni hal etish so‘ralgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB va Milliy gvardiya xodimlari poytaxtning ayrim hududlarida tarqalayotgan noxush hid sababini aniqlashdi