21:22 / 10.07.2020
3 702

Olimlar koronavirusdan tuzalgan bemorlarning immun tizimida muammolar kuzatilayotganini ma’lum qildi

Olimlar koronavirusdan tuzalgan bemorlarning immun tizimida muammolar kuzatilayotganini ma’lum qildi
Foto: EPA
Olimlar koronavirusni boshdan kechirgan bemorning immunitet tizimida uzoq buzilishlar paydo bo‘lishini aniqladi. Bu haqda Uxan virusologiya instituti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda so‘z boradi, deb xabar qildi medRxiv.

Tadqiqotchilar koronavirus bilan kasallangan turli yosh va jinsdagi 55 nafar bemorning sog‘lig‘ini organgan. Ular ushbu bemorlarda immunitetga javob beruvchi qon hujayrasi — limfotsitlar darajasi kamayganini aniqlagan.

Limfotsitlar bemor sog‘ayganidan 11 hafta o‘tgan bo‘lsa ham qayta tiklanmagan. Maqola mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, bu SARS-CoV-2 virusining qon hujayrasiga jiddiy ta’siri va immunitetning potensial buzilishi haqida ma’lumot beradi.

Iyul boshlarida Garvard universiteti professori Tobias Kurt koronavirusga chalinganlarda uzoq vaqt davomida kasallik asoratlari qolishini ma’lum qilgandi. Kurtning ta’kidlashicha, asoratlar, jumladan, COVID-19’ning o‘tib ketmayotgan belgilari oldinlari sog‘lig‘ida muammo bo‘lmagan yosh bemorlarda ham kuzatilmoqda.

«Biz virus bir vaqtning o‘zida bir necha organning ishiga ta’sir ko‘rsatishini bilamiz, biroq hozircha uning asoratlari surunkali kasallikka aylanishi yoki vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketishini ayta olmaymiz», — deydi olim.

Bunga qadar britaniyalik olimlar koronavirus miya faoliyatiga, braziliyalik stomatologlar esa virusning bemor og‘iz bo‘shlig‘iga zarar yetkazishi to‘g‘risida ma’lum qilgandi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirusdan tuzalgan bemorlarning immun tizimida muammolar kuzatilayotganini ma’lum qildi