10:18 / 11.07.2020
2 106

O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi oziq-ovqat taqchilligiga ta’sir etmasligi bildirildi

O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi oziq-ovqat taqchilligiga ta’sir etmasligi bildirildi
10 iyuldan e’tiboran O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat yomonlashishi munosabati bilan karantin talablari kuchaytirildi. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ayni holat oziq-ovqat taqchilligini yuzaga keltirmasligini bildirgan.

«Karantin choralari kuchaytirilishining oziq-ovqat taqchilligiga aloqasi bo‘lishi kerak emas. O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatida 12 mingdan ortiq muassasa faoliyat yuritadi. Bugungi kunda ularning barchasi kundalik me’yorda ishlab turishibdi», deydi mutaxassis.

Shu bilan birga, respublikada 98 foiz oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilgani, xom-ashyoning deyarli 100 foizi mahalliy sharoitda yetishtirilishi, chet ellardan asosan sitrus mahsulotlar, kakao va qahva donlari import qilinishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk marta aniqlanganidan so‘ng joriy etilgan karantin cheklovlari davrida ham Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi esa oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi oziq-ovqat taqchilligiga ta’sir etmasligi bildirildi