«Davergeodezkadastr» qo‘mitasining xabar berishicha, 10 iyul kuni respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
«Davlat idorasida ishlayotgan har bir inson o‘z zimmasiga katta mas’uliyatni oladi. Xalqimizga beminnat, halol mehnat qilish va bu orqali ularning ishonchini qozonishdan ko‘ra lavozimini suiiste’mol qilib, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmasdan, aksincha o‘z nafsini o‘ylaganlar ming afsuski oramizda mavjud. Har bir davlat idorasi bundaylardan xoli maydonga aylanmas ekan xalq ishonchini qozonib bo‘lmaydi.
10 iyul kuni kadastr yo‘nalishida ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan holatlarga yo‘l qo‘ygan respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga to‘siq bo‘layotgan har bir muammoni yechish qo‘mita oldida turgan pirovard maqsad bo‘lib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda bo‘ladi», deyiladi qo‘mitaning rasmiy xabarida.
Shu yilning 4 iyul kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining yangi raisi Xalilillo To‘raxo‘jayev jamoatchilikka murojaat qilib, kadastr sohasini shaffof, korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish uchun o‘zbekistonliklardan yordam so‘ragan edi.
Xalilullo To‘raxo‘jayev Davgeodezkadastr qo‘mitasi faoliyatidagi muammolar, hal etilmagan ishlar, byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan, shuningdek, mazkur yo‘nalishni rivojlantirish, takomillashtirish bo‘yicha g‘oya va takliflarga ega o‘zbekistonliklar bilan ochiq muloqotga tayyorligini bildirgan.
«Buning uchun hozirda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Facebook tarmog‘idagi rasmiy sahifasi, 1097 ishonch telefoni, shuningdek, Sizlarga qulay bo‘lishi uchun Telegram messenjerida qayta aloqa boti ishga tushirildi va mening shaxsiy elektron [email protected] manzilimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishingiz mumkin. Har bir murojaatingizni e’tibor bilan o‘rganamiz.
Kundalik hayotida davlat idoralariga murojaat etib, turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan xalqning o‘zigina — sohani rivojlantirish uchun nima kerakligini bizdan ko‘ra yaxshiroq biladi, muhim g‘oyalarni taklif eta oladi. Shu bois, har bir fuqaro, ommaviy axborot vositasi, jurnalist va blogerning shu sohaning rivoji uchun bildirgan fikri va e’tibori biz uchun juda muhim va qadrli.
Asosiy maqsadimiz Sizning ko‘magingizda xalqimizga byurokratiya va korrupsiyadan holi, sifatli va xolis xizmat ko‘rsatadigan tizimni shakllantirish. O‘ylaymanki, birdamlikda amalga oshirilgan ishlar, ijobiy o‘zgarishlar uzoq kuttirmay o‘z samarasini beradi», degan edi «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi raisi.
Eslatib o‘tamiz, Xalilillo To‘raxo‘jayev 30 iyun kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimida ish boshlagan edi. Sobiq rais Abdushukur Abdullayev esa unga o‘rinbosar etib tayinlangan.
Xalilillo To‘raxo‘jayev bungacha – 2017 yil 12 dekabrdan buyon Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi