
“Yuksalish” umummilliy harakati COVID-19 alomatlarining kunlik jadvalini e’lon qildi.
Koronavirus simptomlari virus odam organizmiga tushganidan so‘ng o‘rtacha 5 — 6 kundan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Uning inkubatsion davri 14 kun davom etadi.
Covid-19 simptomlari quyidagi tartibda namoyon bo‘ladi:
1-4 kun
Asosiy alomati – tana harorati ko‘tariladi. Ba’zilarda mushaklar og‘rishi, quruq yo‘tal, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kuzatiladi. Kasallik boshlanishi yengil shaklda bo‘lishi ham mumkin, bunda bemor jiddiy qabul qilmaydi.
5-6 kun
Nafas olish qiyinlashadi. Ayniqsa, mavsumiy kasalliklari bor yoshi kattalar, qariyalarda kuzatiladi.
7-8 kun
Nafas olish yanada qiyinlashadi, biroq ushbu davrda boshqa alomatlar kuchsizlanishi mumkin.
9-10 kun
Infeksiyani boshidan og‘ir kechirayotgan bemorlar jonlantirish bo‘limiga o‘tkaziladi. Barcha alomatlarga qorin sohasida og‘riq ham qo‘shiladi.
12-kun
Bemorlar tuzala boshlaydi, harorat ko‘tarilishi to‘xtaydi.
17-kun
Sog‘ayganlarga javob beriladi.
Yuksalish HarakatiCovid-19 AlomatlariTana HaroratiNafas OlishInfeksiya Og‘irligiSog‘ayish Jarayoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar