18:20 / 14.07.2020
2 370

Toshkentda yana 121 kishida koronavirus aniqlandi

Toshkentda yana 121 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 2020 yil 14 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 121 kishiga ko‘payib, 13 993 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarning barcha 121 nafari Toshkent shahrida (shundan 86 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 35 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, 14 iyul kuni mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 44 nafar fuqaro sog‘aygan va tuzalganlarning umumiy soni 8074 kishiga, tuzalish ko‘rsatkichi esa 57 foizga yetdi. Mamlakatda 65 kishi koronavius qurboniga aylangan.

Hozirda mamlakatda 5854 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yana 121 kishida koronavirus aniqlandi