2 654
O‘zbekistonda yana 173 kishida koronavirus qayd etilib, jami kasallanganlar soni 14 466 nafarga yetdi
O‘zbekistonda 15 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 173 kishiga ko‘payib, 14 466 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanganlarning:
- 56 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
- 60 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi hamda tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
- 21 nafari Namangan viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida);
- 19 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyati hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, shu kuni Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar, jami 16 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 8343 nafarga (57 foiz) yetdi.
Mamlakat kasalxonalarida 6054 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralarini ko‘rish davom etmoqda. Hozirga qadar 69 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari