19:53 / 15.07.2020
2 925

O‘zbekistonda 350 mingdan ziyod ayol uzoq muddatga xorijga ketgan

O‘zbekistonda 350 mingdan ziyod ayol uzoq muddatga xorijga ketgan
Ayni vaqtda O‘zbekistonda 141 887 nafar ishsiz, 57 958 nafar kam ta’minlangan, 27 525 nafar uy-joyga muhtoj oilalar mavjud. Shuningdek, 350 151 nafar xotin-qizlar uzoq muddatga xorijga ketgan. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Navro‘z Musayev ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mamlakatda 25 yoshdan yuqori xotin-qizlar qatlamining 39,3 foizi o‘rta, 47,9 foizi o‘rta-maxsus, 12,7 foizi oliy ma’lumotga ega.

«Bugungi kungacha 150 mingdan ortiq xotin-qizning bandligi ta’minlangan bo‘lib, shulardan 110 mingdan ortig‘i haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan. 20 mingdan ziyod ayolga o‘z-o‘zini band qilish orqali vaqtinchalik mehnat guvohnomalari rasmiylashtirildi. 8 mingdan ortig‘iga subsidiyalar ajratildi. 426 nafar xotin-qizga 58 mlrd so‘mdan ziyod hajmdagi kreditlar ajratishga ko‘maklashildi», dedi vazirlik vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 350 mingdan ziyod ayol uzoq muddatga xorijga ketgan